MakGregor: Men uni 60 soniyada nokaut qilaman!

  • 11 yanvar, 2021, 08:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

UFC sobiq chempioni Konor MakGregor yaqinda Dastin Porega qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvdan oldin ushbu bahs bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi.

- Menga Dastin yoqadi. U yaxshi, hatto buyuk jangchi. Lekin saviyasi hali ham menikidan past. Dastinni 60 soniyada nokaut qilaman, - dedi Konor MakGregor.

Irlandiyalik Konor MakGregor va amerikalik Dastin Pore o‘rtasidagi jang 23 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklarida tashkil etiladi.

Konor UFC janglarida 22 ta g‘alaba va to‘rtta mag‘lubiyat qayd etgan. U o‘z davrida ikki vaznda chempion bo‘lgan. Dastin Pore esa yigirma oltita uchrashuvni o‘z foydasiga hal qilib, olti marta raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Bu ikki jangchi 2014 yili o‘zaro to‘qnash kelgan va o‘sha jangda MakGregor raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!