Makkenni «Yuventus»ning beqaror oʻyinini tanqid qildi
«Yuventus» «Jenoa»dan 0:2 hisobida yutqazdi, Ueston Makkenni jamoaga barqarorlik va ko‘proq mehnat kerakligini aytdi.
Italiya chempionati doirasida Turinning «Yuventus» klubi oʻz maydonida «Jenoa»ga 0:2 hisobida magʻlub boʻldi. Uchrashuvdan keyin turinliklar yarim himoyachisi Ueston Makkenni natija haqida fikr bildirdi.
«Raqib bizdan yaxshiroq oʻynadi, shuning uchun shunday natija qayd etildi. Maydonda koʻproq harakat qilishimiz kerak. Biz «Yuventus»miz, bunday klubda oʻyindagi bu kabi keskin oʻzgarishlar nomaqbul. «Yuventus»ning boy tarixi bor. Biz barqarorlikka erishishimiz va gʻalaba qozonishimiz kerak», — deya amerikalik futbolchining soʻzlarini Football-Italia nashri keltiradi.
Italiya chempionatining toʻqqiz turidan keyin «Yuventus» 14 ochko jamgʻargan holda turnir jadvalining sakkizinchi pogʻonasidan joy olgan.

Izohlar (0)