Maks Ferstappen: "Yamal "Oltin to‘p"ni yaqin yillarda qo‘lga kiritadi"
"Formula-1"ning mashhur poygachisi Maks Ferstappen Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli hujumchisi Lamin Yamalning o‘yin darajasi haqida fikr bildirdi.
- Yamalning o‘z yoshida qanday o‘ynayotgani rostdan ham hayratlanarli. Messi va Ronaldudan so‘ng "Oltin to‘p"ga aniq da’vogar yo‘q. Boshqalardan sezilarli darajada ustun bo‘lgan futbolchini aytolmayman. Biroq, ishonchim komilki, Lamin bu mukofotni yaqin yillarda qo‘lga kiritadi, - deya poygachining so‘zlarini keltirdi "Mundo Deportivo" nashri.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Yamal "ko‘k-anorranglilar" safida uchta o‘yin o‘tkazdi. Qanot hujumchisi ikkita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar