Maksim Bokov: "Fayzullaev shubhasiz TsSKAning asosiy futbolchilaridan biri edi"
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, 21 yoshli futbolchi Abbosbek Fayzullaev faoliyatini Turkiyaning "Istanbul Bashakshexir" klubida davom ettiradi.
TsSKA yoshlar jamoasi murabbiyi Maksim Bokov ushbu transferga izoh berdi:
"Fayzullaev shubhasiz TsSKAning asosiy futbolchilaridan biri edi. Uning ketishi ko‘zga tashlanmay qolmaydi. Ehtimol, bu qaror uning shaxsiy istagiga bog‘liq. Abbos iqtidorli futbolchi, unda so‘nggi vaqtlarda biroz to‘xtalish kuzatilgan bo‘lsa-da, u yuqori darajada o‘ynay oladi. Eng muhimi — Turkiyada unga mos murabbiy bo‘lishi kerak" — dedi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Fayzullaev o‘tgan mavsum TsSKA safida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 8 ta assist qayd etdi.
Fikrlar