Maktominey "Napoli"da o‘zini noqulay his qilmoqda va Angliyaga qaytishni xohlamoqda
Sobiq "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Skott Maktominey Angliya Premer-ligasiga qaytish niyatida ekani haqida "The Sun" xabar berdi.
Shotlandiyalik futbolchi 2024 yil yozida Tumanli Albionni tark etib, Italiyaning "Napoli" jamoasiga o‘tgan edi. Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchi Neapolda maydon tashqarisidagi hayot tarzidan mamnun emas va shu bois Angliyaga qaytish haqida o‘ylamoqda.
Joriy mavsumda Maktominey barcha musobaqalarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.
Uning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ekspertlariga ko‘ra, yarim himoyachining bozor qiymati 50 million evroga teng.



Fikrlar