Maldini Pirlo tufayli iste’fo berishi kutilyapti

  • 27.07.2026 09:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Italiya Futbol federatsiyasi (FIGC) texnik direktori Paolo Maldini milliy jamoa bosh murabbiyligiga Andrea Pirlo tayinlanishi rad etilsa, iste'foga chiqishi mumkin. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Maldini FIGCdagi lavozimga rozilik berganida, unga yangi bosh murabbiy nomzodini mustaqil ravishda tanlash vakolati berilishi shart qilib qo'yilgan. Agar federatsiya rahbariyati Pirlo nomzodini qo'llab-quvvatlamasa, Paolo buni o'z vakolatlarini cheklash sifatida qabul qilishi va ishdan ketish masalasini ko'tarishi mumkin.

Xabarda ta'kidlanishicha, Maldini avvalroq boshqa ehtimoliy nomzodlar — Antonio Konte va Roberto Manchini takliflarini rad etgan. Unga Kontening klublarni tez-tez almashtirishi ma'qul kelmagan, Manchining esa 2023 yilda Italiya terma jamoasini tark etganidan keyingi faoliyati yetarlicha ishonarli deb topilmagan.

Xosep Gvardiola bilan muzokaralar samarasiz yakunlangach, Maldini va federatsiya maslahatchisi Leonardo o'z tanlovini 47 yoshli Pirloda to'xtatgan. Ularning fikricha, Pirlo nomzodi zamonaviy futbol kontseptsiyasiga mos keladi.

Shu bilan birga, Pirloning Rossiyadagi bukmekerlik kompaniyasining global elchisi sifatidagi faoliyati atrofida bahslar kuchaygani uni bosh murabbiy etib tayinlash jarayonini qiyinlashtirmoqda. Pirlo Italiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga bog'liq vaziyat yuzasidan bayonot e'lon qilganiga qaramay, Italiya Futbol federatsiyasi prezidenti Jovani Malago tayinlash tartibini vaqtincha to'xtatib qo'ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!