
Malkom, Shyurrle RPLda. Navbat "Borussiya" forvardiga
"Borussiya Dortmund" xujumchisi Maksimilian Filipp Rossiya Premer-Ligasiga o‘tishga yaqin turipti.
25 yoshli forvardga "Dinamo" va "Ayntraxt" klublari qiziqish bildirgan. Ammo, Moskva klubi nisbatan qulayroq taklif bilan chiqqan. Ruslar futbolchi uchun 18 mln evro to‘lab berishga tayyor.
Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar kelishuvga erishgan. Yaqin vaqtlar ichida transfer rasmiylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Filipp 2017 yilning yozida "Borussiya" futbolchisiga aylangan. U "Frayburg" tarkibidan Dortmundga kelgan.
So‘nggi mavsum, xujumchi Bundesliganing 18 ta bellashuvida maydonga tushib, bitta gol urgan va bitta assistlik vazifasini bajargan.
Manba:Ruhr Nachrichten
Fikrlar