Malkom "Barselona"da kiritgan eng chiroyli goli qaysiligini aytdi

  • 20.04.2020 19:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi yarim himoyachisi Malkom "Barselona" safida kiritgan eng chiroyli goli haqida gapirdi.

“Real” darvozasiga urgan golim “Barselona”dagi eng zo‘ri edi. Keyin “Inter”ga urgan golim ham chiroyli bo‘lgan. Bu orzu edi. “Barsa” safida maydonda va undan tashqarida ko‘p narsalarni o‘rgandim”, - deydi braziliyalik futbolchi.

23 yoshli Malkom 2019 yilning yozida 40 mln evro evaziga “Barselona”dan “Zenit”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!