Malkom nega "Zenit"ga o‘tganini aytdi
Braziliyalik vinger Malkom “Barselona”dan nega aynan “Zenit”ga o‘tganini izohladi.
“Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. “Zenit” bilan bo‘lgan birinchi muzokaradayoq kelishuvga erishdik. “Zenit” menga ko‘proq o‘yin amaliyoti kerakligi va Evropada o‘zimni ko‘rsatib, Chempionlar ligasida o‘ynamoqchi ekanligimni tushundi.
Men ortiqcha o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldim. Chunki, “Zenit” nafaqat Rossiya, balki Evropada ham ko‘zga ko‘ringan jamoalardan biri hisoblanadi”, - deydi Malkom.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Malkom Rossiya terma jamoasidan taklif bo‘lsa, uni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligi haqida ham xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar