Malkom Rossiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin
Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy yozgi transferlar davrida braziliyalik vinger Malkomni sotib yuborishni rejalashtirgan. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” 22 yoshli futbolchini 40 mln evrodan kamiga qo‘yib yuborishmaydi. Aytish kerakki, unga Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi ham jiddiy qiziqib qolgan. Rossiyaning amaldagi chempioni Malkom uchun “Barsa”ga so‘rayotgan mablag‘ini to‘lashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Malkomni bundan bir yil muqaddam “Bordo”dan 41 mln evro evaziga sotib olgan edi. U o‘tgan mavsum 24ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi.
Fikrlar