
Malkomning "Al-Hilol"ga transferidan "Barselona" qancha daromad ko‘radi?
Braziliyalik hujumchi Malkomning "Al-Hilol"ga o‘tishi "Barselona"ga ham daromad keltiradi.
«Zenit» 26 yoshli futbolchisini Saudiya Arabistoni klubiga 60 million evroga sotmoqda. Piterliklar uni 2019 yilda "Barselona"dan 40 million evroga sotib olishgan edi.
Mundo Deportivo xabar berishicha, shartnomaga ko‘ra kataloniyaliklar "Zenit"ning ushbu transferdan ko‘radigan foydasining 7,5 foizini (ya’ni 1,5 million evro) olishga haqli.
Fikrlar