Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Mana nega Joshua mag‘lub bo‘ldi !

Ahmadbek Eshmatov
Izohlar: 0

Bokschi sarosimaga tushib qoldimi?

22 sentyabr kuni Londonda katta boks oqshomi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy jangida Entoni Joshua va Daniel Dyubua ringga ko‘tarildi. Biroq amalda favorit hisoblangan Entoni 5-raunddayoq nokautga uchradi. Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Timoti Bredli esa mazkur bahs natijasini izohlab berdi.

“Jang tezlashganda Joshua muammoga duch kelishini ko‘rdik.  Tez qaror qabul qilish kerak bo‘lganda u sarosimaga tushib qoldi. Dyubua esa sovuqqonlik bilan bunday vaziyatdan unumli foydalandi”, - dedi Bredli ProBox telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, mazkur mag‘lubiyat Joshua uchun faoliyatidagi to‘rtinchisi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q