Manba: Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan kelishuvni uzaytiradi

  • 13.02.2026 12:16
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasi bilan shartnomasini uzaytiradi. Italyalik murabbiyning Braziliya Futbol Konfederatsiyasi bilan kelishuvi tayyor, faqat rasmiyatchiliklar bajarilishi kerak, deya xabar berdi "The Athletic" nashri.

Braziliya terma jamoasi tarixidagi birinchi xorijiy murabbiy rahbarligida jamoa 2026 yildgi Jahon chempionatiga muvaffaqiyatli yo‘llanma oldi. Guruh bosqichida "pentakampionlar" Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan bellashadi. Uchrashuvlar 13, 19 va 24 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Anchelotti shu yozda "Manchester Yunayted"ni boshqarishga tayyorligi haqida xabar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!