Manba: Kovachich "Manchester Siti"ga o‘tdi

  • 21 iyun, 2023, 15:22
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mateo Kovachich "Chelsi"dan "Manchester Siti"ga o‘tdi.

Jurnalist Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv kelishilgan va yopilgan. Klublar yarim himoyachini 25+5 million funt evaziga transfer qilishga rozi bo‘lishdi. 5 million funt sterling miqdoridagi bonusni to‘lash futbolchining shaxsiy o‘yiniga emas, balki "Man Siti" yutgan sovrinlarga bog‘liq.

Shaxsiy shartnoma shartlari ikki hafta oldin kelishilgan. Faqatgina "Manchester Siti"ga o‘tishni istagan Kovachich yaqin kunlarda yangi jamoasi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Mateoning "Chelsi" bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

29 yoshli futbolchi London klubiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan edi. “Aristokratlar” safida xorvatiyalik xavbek Chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Evropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.

Xorvatiyalik futbolchi o‘tgan mavsumda "Chelsi" safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi, 2 ta golga assistentlik qildi va 10 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!