Manba: “Manchester Yunayted” Kristian Eriksen bilan shartnoma imzoladi

  • 5 iyul, 2022, 13:00
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Daniyalik yarim himoyachi Kristian Eriksen "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Tecno

Transfer yaqin soatlar ichida e’lon qilinadi. Avvalroq, “Manchester Yunayted” iyul oyida birdaniga beshta transferni amalga oshirishga hozirlik ko‘rayotgani xabar qilingandi.

OAV xabariga ko‘ra, “qizil iblislar” 30 yoshli daniyalik bilan 2025 yilning iyunigacha shartnoma imzolaydi. Futbolchi faqat zarur bo‘lgan hujjatlarga imzo chekishi va tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kerak.

Evro-2020 vaqtida futbolchi yurak xurujiga uchradi, shundan so‘ng u faoliyatini biroz vaqt to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Unga implantatsiya qilinadigan kardioverter defibrilator o‘rnatildi. A seriyada bu kabi moslamalar bilan o‘ynash ta’qiqlangani sababli Eriksenni "Inter" bilan shartnomasini bekor qilishga majbur bo‘ldi.

U qishda "Brentford" bilan yarim yillik bitim imzoladi. Yarim himoyachi “arilar” safida 11 uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!