Manba: "Persepolis" Alijonov transferidan hali voz kechgani yo‘q

  • 05.01.2026 13:11
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Igor Sergeevdan keyin "Persepolis" "Paxtakor"ning yana bir a'zosi Hojiakbar Alijonovni ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgandi. "Tasnim News" jurnalisti Hatam Shiralizadeh ushbu jarayon borasida ayrim insaydlani berdi. 

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, tez orada Tehron klubi va "sherlar" o‘rtasida yana bir bor muzokaralar bo‘lib o‘tadi. "Persepolis" dastlab futbolchining o‘zi bilan kelishuvga erishgandi. Garchi so‘nggi kunlarda u oilasi sabab qolishni tanlagani haqida xabarlar chiqqan bo‘lsa-da, bu muammo emas. 

Ma'lumot uchun, "Paxtakor" avvalroq 3 ta transferni e'lon qildi. Klub Oybek Bozorov, Sherzod Nasrullaev va Sanjar Quvvatovni bilan shartnoma imzoladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!