Manba: Xavi Messini ortga qaytarmoqchi

  • 26 sentabr, 2022, 10:43
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi hujumchi Lionel Messining ispan klubiga qaytishini istamoqda, deb yozadi jurnalist Jerar Romero.

Tecno

35 yoshli hujumchining parijliklar bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va "Barselona" argentinalik futbolchining ortga qaytarish yo‘llarni o‘rganmoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Messiga faoliyati yakunida o‘zining eng yaxshi futbolini namoyish qilishi uchun qulay sharoitlarni yaratib berishga tayyor.

Ammo ispaniyalik mutaxassis jamoa mexanizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqib, argentinalik atrofida o‘yin qurishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot o‘rnida, Messi joriy mavsumda PSJ safida 11 o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol  va 8 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!