Manba: “Yuventus” Pogba bilan kelishuvga erishdi

  • 11 iyun, 2022, 15:16
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Pogba "Yuventus"ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar berdi “Gazzetta dello Sport” nashri.

Tecno

Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli frantsiyalik futbolchi turinliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Klub esa xavbek uchun maosh, bonuslar va agentlik to‘lovlarini qo‘shib hisoblaganda 80 million evro atrofida sarflaydi. Shu bilan birga, futbolchining maoshi yiliga 10 million evroni tashkil qiladi.

1 iyun kuni “Manchester Yunayted” Pogbaning erkin agent maqomida jamoadan ketishini e’lon qildi.

Frantsuz futbolchisi o‘tgan mavsumda MYu safida barcha turnirlarda 27 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va 9 assist muallifiga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, 2016 yilda “Manchester Yunayted” yarim himoyachini “Yuventus”dan 105 million evroga sotib olgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!