"Manchester Siti" - "Real": Taxminiy tarkiblar

  • 10.02.2025 11:50
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Ertaga Evropa Chempionlar ligasi o‘tish o‘yini doirasida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Real"ni qabul qiladi. 

Ushbu bellashuv oldidan bir qator xorij nashrlari o‘z versiyasiga ko‘ra, taxminiy tarkiblarni e’lon qilmoqda. Jumladan, "SportsMole" nashrining versiyasi quyidagicha: 

"Manchester Siti": Ederson, Nunes, Diash, Akanji, Gvardiol, Kovachich, Bernardu, Foden, De Bryuyne, Savio, Xoland. 

"Real": Kurtua, Valverde, Chuameni, Asensio, Mendi, Kamavinga, Modrich, Rodrigo, Belleingem, Vinisius, Mbappe. 

Ta’kidlash lozim, "shaharliklar" safida to‘p tepayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov ushbu bellashuvni zaxiradan boshlashi kutilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
10/02/2025 18:54
Абдукодир асосийда тушади мана курасила, Аканжи аут