
"Manchester Siti" APLning eng yaxshi futbolchisiga ikki barobar ko‘p maosh to‘lamoqchi
APLning amaldagi g‘olibi hisoblangan "Manchester Siti" o‘zining markaziy himoyachilaridan biri - Ruben Diash bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Daily Star nashrining xabariga ko‘ra, "shaharliklar" portugaliyalik futbolchining yuqori darajada o‘yin ko‘rsatayotganini munosib rag‘batlantirgan holda, uning maoshini ikki baravar oshirmoqchi. Hozirda futbolchi yiliga qariyb 4 million evro maosh oladi. Yangi kelishuvga ko‘ra, uning maoshi yiliga 8 million evroni tashkil qilishi mumkin.
Angliya premer-ligasining so‘nggi mavsumida Ruben Diash chempionatning yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Diash o‘tgan mavsum APLda jami 32ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar