"Manchester Siti" argentinalik futbolchisini qayta sotib olmoqchi
"Manchester Siti" hujumchi Xulian Alvares bilan shartnomani uzaytirmoqchi. 22 yoshli futbolchi Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida yaxshi ishtirok etib, 4 ta gol urishga erishdi va klub rahbariyatining ishonchini qayta oqladi.
Jurnalist Dario Montero xabariga ko‘ra, "shaharliklar" futbolchiga sodiqligini ko‘rsatish uchun Alvares bilan yanada qulayroq moliyaviy shartlar bilan yangi shartnoma imzolash niyatida.
Alvares "Manchester Siti"ga Argentinaning "River Pleyt" jamoasidan kelib qo‘shilgan edi. Futbolchi joriy mavsumda Angliya premer-ligasida 3 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi

Fikrlar