"Manchester Siti" Arteta uchun "Arsenal"dan qancha tovon puli talab qilmoqda?

  • 20 dekabr, 2019, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi assistenti Mikel Artetaning "Arsenal"ga o‘tishi biroz kechikmoqda.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 37 yoshli mutaxassis uchun “kanonirlar”dan uning shartnomasida belgilangan 2,5 mln evrolik tovon pulini to‘lashni talab qilishmoqda. Katta ehtimol bilan “Arsenal” so‘ralgan mablag‘ni “Siti” hisob raqamiga o‘tkazib beradi va shundan so‘ng Artetani bosh murabbiy sifatida e’lon qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Una Emeri iste’foga chiqarilgach “Arsenal”ni uning assistenti Freddi Yunberg boshqarib kelmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!