“Manchester Siti” “Bavariya” futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 27.05.2026 19:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” “Bavariya”ning ijaradagi darvozaboni Aleksandr Nyubelga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Get German Football News nashri xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, “Yuventus” ham nemis posbonini kuzatmoqda. Shu sabab yozgi transfer oynasida futbolchi atrofida jiddiy kurash yuzaga kelishi mumkin.

Nyubel so‘nggi mavsumlarda ishonchli o‘yinlari bilan e'tibor qozondi va Yevropaning bir qator top klublari diqqat markaziga aylandi.

“Shtutgart”da ijara asosida o‘ynab yurgan darvozabonning kelajagi hozircha noaniqligicha qolmoqda. “Bavariya” uni saqlab qolish yoki sotish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishi kutilmoqda.

“Manchester Siti” tajribali va ishonchli darvozabon variantini izlayapti, Nyubel esa ushbu ro‘yxatdagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!