"Manchester Siti" darvozaboni Germaniyaga yo‘l olishi mumkin
"Bayer" "Manchester Siti" darvozaboni Shtefan Orteganing xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Bu haqida jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbada yozilgan ma'lumotga koʻra, Germaniya klubi "shaharliklar" posbonni bilan darvoza chiziqini mustahkamlab olmoqchi. Agar transfer qishda amalga oshmasa, neverkuzenliklar yozda darvozabonin erkin agent sifatida oʻz safiga qoʻshib olishi mumkin.
Orteganing ayni vaqtda transfer bozoridagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda. Uning "Siti" bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning yoz oyida yakuniga yetadi.
Eslatib oʻtamiz. Shtefan 2022 yildan buyon Manchester klubi safida harakat qilib kelmoqda. Posbon shu davr oraligʻida 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 25 tasida oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Fikrlar