«Manchester Siti» darvozaboni «Tottenxem»ga o‘tishi mumkin

  • 21.07.2026 16:23
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Darvozabon Jeyms Trafford yaqin orada jamoasini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqida TeamTalk nashri xabar bermoqda.

 

Manbaga koʻra, yosh posbon xizmatlariga bir vaqtning oʻzida toʻrtta klub qiziqish bildirgan. Jumladan, Traffordni «Aston Villa», «Tottenxem», «Nyukasl» va «Lids» tarkibida koʻrishni istamoqda.

 

Xabarda qayd etilishicha, «pavlinar» Jeyms Trafford uchun talab etilayotgan transfer toʻlovini toʻlashga qodir. Biroq futbolchining maoshi borasida «Lids» uchun muayyan qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!