"Manchester Siti" David Silvaga o‘rinbosar topdi

  • 03.05.2019 21:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Lisabboning "Sporting" klubi yarim himoyachisi Brunu Fernandesh faoliyatini "Manchester Siti"da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

Manchester Evening News  nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” 24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lishgan. Ta’kidlash kerakki, Fernandesh "Siti" tarkibida David Silvaning o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida qaralmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Silva yozda yapon klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Fernandesh joriy mavsum “Sporting” safida jami 51ta o‘yinda ishtirok etdi va 23ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!