"Manchester Siti" Donnarumma bo‘yicha PSJga murojaat qildi
"Manchester Siti" Janluiji Donnarumma transferi imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida PSJ va darvozabon atrofidagi odamlar bilan aloqaga chiqdi.
"SportMediaset" jurnalisti Oratsio Akkomandoning xabariga ko‘ra, bunday qiziqishning sababi — Edersonning jamoani tark etishi mumkinligi. Braziliyalik kiperning "Galatasaray" bilan dastlabki kelishuvi borligi aytilmoqda.

Donnarumma vakillari 13 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Evropa Superkubogi finali (PSJ – "Tottenxem") oldidan parijliklar rahbariyati bilan uchrashishi kutilmoqda. Italiylik posbonga "Siti"dan tashqari, "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar