"Manchester Siti" futbolchisi "Borussiya"ga o‘tishi mumkin

  • 26.07.2024 22:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

"Borussiya" "Manchester Siti"dan Yan Kutoni sotib olisha harakat qilmoqda. Bu borada tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etyapti, deya xabar berdi insayder Fabritsio Romano. 

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, ushbu transfer uchun "shaharliklar" 30 million evro ishlab olishni maqsad qilgan. Ammo "Borussiya" 20+5 million evro to‘lashni istamoqda. Agarda klublar kelishib olishsa, braziliyalik vinger Germaniyaga yo‘l oladi. 

Kuto 2020 yilda "Kuritaba" klubidan "Manchester Siti" tomonidan 6 million evro evaziga sotib olingan. Shundan keyin futbolchini klub "Braga" va "Jirona" jamoalariga ijaraga berdi. Ushbu yozda u klub tarkibiga qaytgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!