"Manchester Siti" futbolchisi klubdan ketmay rahbariyatni kuydiryapti
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko Gonsales jamoada qolish tarafdori. Unga nisbatan qiziqish bildirayotgan klublar orasida «Nyukasl» ham bor.
Manchester jamoasi markaziy chiziqda ehtimoliy yetishmovchilikka duch kelishi mumkinligiga qaramay, «qarğalar» bilan muzokara olib borishga tayyor. Ammo Niko jamoani tark etishga shoshmayapti.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi o‘zini asosiy tarkibda mustahkam o‘rin egallashga qodir, deb hisoblaydi. U klubdagi yangilanish va qayta qurish jarayonidan so‘ng ham jamoaga jiddiy foyda keltira olishiga ishonmoqda.
Niko Gonsales 2025 yil boshida «Portu» klubidan «Manchester Siti» safiga qo‘shilgan. Angliya grandi bu transfer uchun 60 million yevro sarflagan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda futbolchining bozor qiymati 40 million yevro atrofida baholanmoqda.
«Manchester Siti» rahbariyati esa, Niko Gonsalesni sotib yuborib, transferdan keladigan mablag‘ni Ayub Buaddi va Enco Fernandezni olishga yo‘naltirishni ko‘zlayapti.

Fikrlar