"Manchester Siti" futbolchisi qishda jamoani tark etishi mumkin
Angliyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi.
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillips jamoadan ketishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, "Vulverxempton" klubi qishki transferlar bozorida "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kelvin Fillipsni sotib olishi mumkin. "Bo‘rilar" yanvar oyi oxirigacha futbolchi bo‘yicha "shaharliklar" bilan kelishuvga erishmoqchi, ijarа va to‘laqonli transfer masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Angliyalik futbolchining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilda yakuniga yetadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 6 million yevroga baholagan.
Ma’lumot uchun, 30 yoshli xavbek joriy mavsumda faqatgina bitta uchrashuvda maydonga tushib, 7 daqiqa maydonda harakat qilgan.

Izohlar (0)