"Manchester Siti" futbolchisini boshqa klubga taklif qildi
"Manchester Siti" futbolchisi Omar Marmush boshqa klubga ketishi mumkin.
"Shaharliklar" safida doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻla olmayotgan Marmushning jamoadagi kelajagi mavhumligicha qolmoqda. U har doim ham jamoaning asosiy tarkibiga kira olmayapti. Bundan tashqari Antuan Semenyoning klubga kelishi Marmushning oʻyin vaqti yana ham kamayishiga sabab boʻlishi mumkin. "Transfer News Live" nashri bergan xabarga koʻra, Marmush nomzodi "Galatasaroy"ga taklif qilingan. 26 yoshli futbolchi manchesterliklarni butunlay tark etishni istamayapti - u faqat ijarа variantini koʻrib chiqishi mumkin. Futbolchining xizmatlariga "Tottenxem" va "Aston Villi" jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.
Maʼlumot uchun, Marmushning "shaharliklar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilda yakuniga yetadi.

Fikrlar