"Manchester Siti" futbolchisining otasi o‘g‘lining golidan bir necha daqiqa o‘tib jon berdi

  • 17 sentabr, 2021, 09:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" himoyachisi Natan Akening otasi o‘g‘lining Chempionlar ligasidagi debyut golidan bir necha daqiqa o‘tib vafot etdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, “shaharliklar” kecha UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich 1-turida o‘z maydonida "RB Leyptsig"ni 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Shu kuni Ake o‘zining EChLdagi debyut golini kiritdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Akening otasi o‘ta og‘ir ahvolda edi va o‘g‘li gol urganidan bir necha daqiqa o‘tib vafot etdi.

“Mening o‘yinimni ko‘rib, u har doim mag‘rur va baxtli edi. Bilaman, siz doim yonimda bo‘lasiz, siz doim qalbimda bo‘lasiz va bu siz uchun edi, ota ”, - dedi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, kechagi gol Natan Akening "Manchester Siti" tarkibidagi ikkinchi gol bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!