"Manchester Siti" Gvardiol jarohati ortidan Alleynni ijaradan qaytardi, Husanov asosiy tarkibga yaqin

  • 05.01.2026 22:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolning jarohati sababli klub Maks Alleynni ijaradan muddatidan oldin qaytarib oldi. Bu jamoa himoya chizigʻidagi joylashuvga taʼsir qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Fabrizio Romano.

Maʼlum qilinishicha, xorvatiyalik himoyachi bir necha haftaga safdan chiqqan va bu "shaharliklar" rahbariyatini tezkor qaror qabul qilishga majbur etgan. Klubda Alleyning "Uotford"dagi oʻyin amaliyoti va rivoji ijobiy baholangan, biroq hozirgi vaziyatda futbolchini asosiy jamoa ixtiyoriga qaytarish zarur, deb topilgan.

Abdukodir Khusanov of Manchester City during the Premier League match between Manchester City and Chelsea at Etihad Stadium on January 04, 2026 in...

Gvardiolning yoʻqligi fonida asosiy tarkibda oʻzgarishlar kutilmoqda. Yaqin uchrashuvlarda Oʻzbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov start tarkibidan joy olishi mumkin. Joriy mavsumda u "Manchester Siti" safida barcha musobaqalarda 10 ta oʻyin oʻtkazgan boʻlib, hali gol yoki golli uzatma bilan jamoasiga yordam bermagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!