“Manchester Siti” Gvardiola orzusidagi katta transferni yakunlayapti

  • 24.12.2025 09:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” mutasaddilari “Bornmut” hujumkor futbolchisi Antuan Semeno transferini tezroq hal qilish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi.

“Shaharliklar” ganalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga juda yaqin turibdi. Bu haqda taniqli jurnalist Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaning ta’kidlashicha, Semenoning o‘zi ham “Manchester Siti”ga o‘tishni ustuvor maqsad, deb hisoblaydi. Shuningdek, avvalroq mahoratli hujumchiga da’vogarlik qilgan “Liverpul”, “Tottenxem” va “Chelsi” bu transfer uchun kurashdan chiqqanini bildirgan edi.

Semeno 2023 yilning yozidan beri “Bornmut” sharafini himoya qilib keladi. Shu vaqt ichida u 106 o‘yinda 30 ta gol va 13 ta assist qayd etgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha va uning bozor qiymati 65 million evroga baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!