"Manchester Siti" Gvardiolning jarohati bo‘yicha ma'lumot berdi

  • 06.01.2026 00:29
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol

"Manchester Siti" Yoshko Gvardiolning oʻng oyogʻida boldir suyagi sindirganini tasdiqladi.

Mazkur jarohat "Chelsi"ga qarshi boʻlib oʻtgan 1:1 hisobidagi oʻyinning ikkinchi taymida yuz bergan. Maʼlumot oʻrnida, xorvatiyalik futbolchi 50-daqiqada jarohat olib, almashtirildi. Uning oʻrniga esa hamyurtimiz Abduqodir Husanov zahiradan oʻyinga qoʻshildi.

Himoyachi hafta davomida jarrohlik amaliyotini oʻtkazadi va jarohatning toʻliq koʻlami hamda taxmin qilingan davolash muddati hozirda baholanmoqda.

Manchester City's Josko Gvardiol leaves the pitch after incurring an an injury during the Premier League match at the Etihad Stadium, Manchester....

Maʼlumot oʻrnida, "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 7 yanvar kuni "Brayton"ga qarshi oʻtkazadi. Gvardiolning yoʻqligi bois, vakilimizning maydonga tushish ehtimoli yuqoriroq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Болельщик
06/01/2026 00:45
2-ой камида