
“Manchester Siti” hech qachon bunaqa qimmatga o‘yinchi sotmagan edi. Rekord transfer pishyapti!
“Manchester Siti” rahbariyati jamoani tark etish istagini bildirgan Xulian Alvares transferi borasida “Atletiko” bilan kelishuvga erishdi.
24 yoshli Alvares anchadan beri jamoada asosiy hujumchi vazifasini bajarishni orzu qilib keladi. “Siti”da bu vazifan Erling Xoland mukammal tarzda uddalab kelmoqda.
“Shaharliklar” argentinalik jahon chempionining yo‘lini to‘smadi. Ma’lumotlarga qaraganda, bu transfer bonuslarni qo‘shib hisoblaganda manchesterliklar g‘aznasiga 80 million evro keltiradi.
Diario Ole nashrining yozishicha, Alvaresning “Atletiko”ga o‘tishi “Manchester Siti” tarixida eng katta chiqish transferi sifatida qayd etiladi.
Hozirgacha bu ko‘rsatkich bo‘yicha Rahim Sterling transferi rekord bo‘lib turgandi. O‘tgan yili “Chelsi” angliyalik hujumkor futbolchi uchun manchesterliklarga 56 million evro to‘lagan. Undan avvalroq, Ferran Torres “Barselona”ga 55 million evroga pullangan edi.
Fikrlar