"Manchester Siti" himoyachisi "Atletiko"ga ko‘chib o‘tishi mumkin
"Manchester Citi" markaziy himoyachisi Natan Ake qishki transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. "ElDesmarque" nashrining xabar berishicha, "Atletiko" 30 yoshli futbolchiga qiziqmoqda.
"Matraschilar" Akeni yanvar oyida sotib olish huquqi bilan ijaraga olishni xohlashmoqda. Ake 2020 yilda "shaharliklar" safiga qo‘shilgan edi.
Bu mavsumda niderlandiyalik himoyachi 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. Akening manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladi. "Transfermarkt" portali futbolchining qiymatini 18 million evroga baholamoqda.
Fikrlar