"Manchester Siti" himoyachisi "Real"ga o'tishni istamoqda
Madridning "Real" klubi "Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiolni oʻz safiga qoʻshib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
AS nashrining xabar berishicha, vositachilar xorvatiyalik futbolchini madridliklarga taklif qilgan va "qaymoqranglilar" bu transferga qiziqish bildirgan. Biroq asosiy muammo shundaki, "Manchester Siti" 24 yoshli himoyachini sotish niyatida emas.
Manbaga koʻra, "Real" Gvardiol uchun katta mablagʻ toʻlashga tayyor, ammo transfer uchun ortiqcha mablagʻ sarflashni istamaydi. Futbolchi 2023 yili "Leyptsig"dan 90 million yevroga sotib olingan boʻlib, uning amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar moʻljallangan.
Shu bilan birga, Yoshko Gvardiolning oʻzi ham "Real" safida toʻp surishni xohlayotgani aytilmoqda. Ayniqsa, Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"dan ketishi transfer amalga oshishi ehtimolini oshirishi mumkin.

Fikrlar