"Manchester Siti" himoyachisini ortga qaytardi
"Manchester Siti" klubi 20 yoshli himoyachi Maks Alleynni ortga qaytardi. Bu haqida Fabrizio Romano xabar berdi.
Ayni vaqtda "shaharliklar"ning 3 nafar himoyachisi safdan chiqqan. Ruben Diash, Yoshko Gvardiol va Jon Stounz shular jumlasidandir. "Siti" himoyadagi muammolarni bartaraf etish uchun mavsum avvalida "Uotford"ga ijara ga bergan yosh himoyachisini ortga qaytardi.
Qayd etish lozim, Alleyn joriy mavsum Chempionshipda 16 uchrashuvda ishtirok etgan.
Fikrlar