"Manchester Siti" "Inter" hujumchisiga qiziqmoqda
Italiya nashrlariga ko‘ra, "Manchester Siti" ustozi Xosep Gvardiola "Inter" hujumchisi Lautaro Martinesni Serxio Agueroga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.
Joriy mavsumda Martinesga Italiya chempionati kashfiyotlaridan biri sifatida qaralmoqda. U 14 o‘yinda sakkiz gol va bir gollik uzatma muallifiga aylangan.
31 yoshli Agueroning shaxarliklar bilan shartnomasi 2021 yil yozida yakuniga etadi. U "Siti" libosida 2011 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.

Fikrlar