
“Manchester Siti” katta transferga qo‘l urmoqda
“Manchester Siti” jamoa pleymeykeri Kevin de Bryuynening o‘rnini bosadigan futbolchi qidirayotgan edi.
Ma’lumki, 33 yoshli belgiyalik futbolchi bu yoz Saudiya Arabistoniga ketishi mumkin. Jamoada qolgan taqdirda ham yangi mavsum oxirida shartnomasi tugaydi va klubni tark etadi.
Mirror nashrining yozishicha, “shaharliklar” bu pozitsiyaga “Kristal Pelas”ning hujumkor futbolchisi Eberechi Ezeni olib kelishni ma’qul topdi.
Angliya chempioni 26 yoshli pleymeyker uchun 68 million funt, ya’ni 80 million evro atrofida badal puli to‘lashga rozilik bergan.
Eze o‘tgan mavsumda samarali o‘yin namoyish qildi. Barcha turnirlarda 31 marotaba maydonga tushgan yarim himoyachi 11 ta gol va oltita assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar