"Manchester Siti" Keynning transferi bo‘yicha "Tottenxem"ga rasmiy taklif yubordi
Jurnalist-insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, "Manchester Siti" shu yozda "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni sotib olishga jiddiy bel bog‘lagan.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, mankunianliklar “shporlar”ga bu borada rasmiy taklif yuborishgan. Aniqrog‘i, “Siti” Keyn uchun London klubiga 100 million funt hamda unga qo‘shimcha ravishda birorta futbolchisini qo‘shib berishga tayyor.
Ammo "Tottenxem" ushbu taklifni qabul qilmoqchi emas. Keynning o‘zi esa jamoadan ketmoqchi, lekin klub prezidenti uni qo‘yib yubormayapti.
Xarri Keyn yakunlangan mavsum premer-ligada jami 35 ta o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol urishga erishdi. U chempionat to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar