"Manchester Siti" Lionel Messi transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi
"Manchester Siti" Lionel Messi transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Argentinalik yulduz yozda erkin agentga aylanadi va istalgan klubiga tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.
33 yoshli hujumchi yozda boshqa jamoaga o‘tmoqchi edi, biroq "Barselona"ning o‘sha paytdagi prezidenti Xosep Bartomeu uni olib qolish yo‘llarini topa oldi. Keyinchalik, OAV "Manchester Siti" hamda PSJ Messi uchun asosiy da’vogarlardan deya ta’kidladi. Ammo manchesterliklar har ikki transfer bozorida argentinalik yulduz bilan muzokara o‘tkazmaganligini aytmoqda.
Avvalroq, "shaharliklar" Leo transferi bo‘yicha mart-aprel oylarida faol muzokara o‘tkazishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar