"Manchester Siti" "Liverpul"ning 39 yil oldingi rekordini takrorladi

  • 15.12.2021 17:33
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasi 17-turida peshqadam "Manchester Siti" o‘z maydonida "Lids" ustidan 7:0 hisobida tor-mor keltirdi.

Bu orqali "shaharliklar" APLda bir kalendar yilida qo‘lga kiritilgan g‘alabalar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Ya’ni, klub 2021 yilda o‘zining 33-g‘alabasini tantana qildi.

Mazkur natija orqali manchesterliklar ashaddiy raqib "Liverpul" bilan tenglashib oldi. "Qizillar" ham 1982-kalendar yilida chempionatning 33 o‘yinida zafar quchgan. 

Gvardiola shogirdlarida bu ko‘rsatkichni yaxshilash imkoniyati mavjud. Ular yil so‘ngiga qadar Premer-ligada "Nyukasl", "Lester" hamda "Brentford"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!