"Manchester Siti" "Liverpul"ning tarixiy rekordini yo‘qqa chiqardi
"Manchester Siti" kecha premer-liganing 18-turi doirasida "Nyukasl" (4:0) ustidan yirik hisobda zafar quchdi.
E’tiborlisi, bu "shaharliklar" uchun joriy 2021 yilda APL uchrashuvlarida qozonilgan 34-g‘alaba. Bu esa chempionat tarixidagi eng yaxshi natija hisoblanadi.
Bundan avvalgi rekord "Liverpul"ga tegishli edi. Mersisaydliklar 1982 yilda jami 33 ta g‘alabani tantana qilishgan.
Aytish kerakki, "Manchester Siti" yil oxirigacha "Lester" va "Brentford" klublari bilan o‘ynaydi. Shunday ekan, Xosep Gvardiola shogirdlarida ushbu rekordni yanada yaxshilab olish imkoniyati mavjud.

Fikrlar