"Manchester Siti" Maguayr uchun kurashni to‘xtatmoqchi

  • 27 iyun, 2019, 10:32
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "Lester" himoyachisi Xarri Maguayrning transferidan voz kechmoqchi.

Tecno

Sky Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “shaharliklar” uning o‘rniga “Espanol”dan Mario Ermosoni sotib olishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Maguayr uchun shuningdek “Manchester Yunayted” ham kurash olib bormoqda. “Tulkilar” esa uni kamida 80 mln evroga sotishmoqchi.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Ermoso o‘tgan mavsum “Espanol” safida jami 32ta o‘yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi. Uning transferi esa 25 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!