"Manchester Siti" Marmush uchun oladigan summa ma'lum bo'ldi

  • 24.08.2026 18:06
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Misrlik hujumchi Umar Marmush «Manchester Siti»ni tark etmoqda. Insayder Nikolo Skiraning ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan xabariga ko‘ra, futbolchi Angliya Premier-ligasida faoliyatini davom ettiradi va Londonning «Tottenxem» jamoasiga o‘tadi.

Ma'lumotlarga qaraganda, transfer umumiy qiymati bonuslar bilan birga 64 million yevroni tashkil etadi. 

Marmush «shporlar» bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi. Yaqin 48 soat ichida afrikalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, shundan so‘ng kelishuv rasmiy e'lon qilinishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsum Angliya premier-ligasida 27 yoshli forvard 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va yana 3 ta golli pas muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!