“Manchester Siti” mavsum oldidan jiddiy yo‘qotishga duch keldi

  • 19.08.2026 14:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti” 2026/2027 yilgi mavsumdagi birinchi jiddiy jarohat muammosiga duch keldi: Jeremi Doku jamoaning Premier-ligadagi ilk uchrashuvi – “Bornmut”ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.

Yangi Premier-liga mavsumi boshlanishi arafasida Enco Mareska hujum chizig‘ida futbolchilar tanlovi cheklangan bir paytda, yana bir muammoga duch keldi.

Yakshanba kuni “Manchester Siti” o‘z maydonida “Bornmut”ni qabul qiladi. Bu uchrashuv Mareska uchun ham, “olcha ranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Marko Roze uchun ham Angliya yuqori divizionidagi ilk o‘yin bo‘ladi.

Belgiya ning Nieuwsblad nashrining yangi xabariga ko‘ra, Jeremi Doku yakshanba kuni “Arsenal”ga qarshi Angliya Superkubogi uchrashuvida olgan boldir mushagidagi jarohati tufayli bir necha hafta davomida maydonga tusha olmaydi.

Futbolchining aniq qancha muddat safdan chiqishi ma’lum qilinmagan bo‘lsa-da, xabarda belgililik vinger “Manchester Siti”ning Premier-ligadagi “Bornmut”ga qarshi birinchi uchrashuvini aniq o‘tkazib yuborishi qayd etilgan.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Jeremi Dokudagi har qanday uzoq muddatli jarohat yozgi transfer oynasining so‘nggi ikki haftasida «Manchester Siti»ning qanot pozitsiyalarini kuchaytirish zaruratini yanada oshirishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!