“Manchester Siti” nima qilsa ham, shu ikki superfutbolchini transfer qila olmaydi

  • 25 avgust, 2023, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa tarkibini kuchaytirish uchun hujumkor futbolchilarni olishni rejalashtirgan edi.

Ispaniyalik mutaxassis Bundesligada porlayotgan Dani Olmo va Florian Virtsga ko‘z tikyapti. Har ikki futbolchi jarohat sababli uzoq muddatga safdan chiqqan pleymeyker Kevin de Bryuynega o‘rinbosar sifatida e’tirof etilmoqda.

City Zone nashrining yozishicha, Xosep Gvardiola maqsadiga etishi qiyin. Chunki “Leyptsig” 25 yoshli Dani Olmoni daxlsiz futbolchilar ro‘yxatiga qo‘shgan va 25 yoshli o‘yinchi bo‘yicha hech qanday taklifni ko‘rib chiqmaydi.

Xuddi shunday “Bayer” ham 20 yoshli Florian Virtsni qo‘yib yuborishga tayyor emas.

Har ikki hujumkor futbolchining o‘z klublari bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!