"Manchester Siti"ning sensatsion transferi barbod bo'lish arafasida
«Chelsi» yarim himoyachisi, argentinalik Enzo Fernandez «Manchester Siti» qiziqishiga qaramay London klubida qolib ketishi mumkin. Bu haqida Daily Telegraph nashri jurnalisti Mett Lou xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi» transfer oynasi yopilish arafasida Enzoga munosib almashuv topmas ekan, uni «Manchester Siti»ga qo‘yib yuborish niyatida emas. London klubi hozircha uch nomzodni ko‘rib chiqmoqda: «Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara, «Roma» futbolchisi Manu Kone va Premier-liga klublaridan birida to‘p surayotgan, ismi oshkor etilmagan yana bir o‘yinchi.
Shu bilan birga, xabarda ta’kidlanishicha, «Monako» allaqachon Kamara bo‘yicha «Chelsi» taklifini rad etgan. «Roma» bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini esa Manu Koneni jamoada saqlab qolish tarafdori. Bu omillar Enzo Fernandezning «Manchester Siti»ga o‘tishi imkoniyatlarini jiddiy ravishda cheklamoqda.
Qo‘shimcha qilib aytish kerakki, «Chelsi» Fernandez bo‘yicha «Manchester Siti»dan yaxshilangan taklif kutmoqda. Avvalroq londonliklar manchesterliklar tomonidan yuborilgan dastlabki taklifni qoniqarsiz deb topib, rad etgan edi.

Fikrlar